
Toshkent–Xo‘jakent temiryo‘li uzaytirildi
2024-yilning dekabr oyida Xo‘jakentdan Chinorkentga qadar temiryo‘l qurilib, 22 yanvar kuni yangi «Chinorkent» bekati ishga tushirildi.

«Afrosiyob» poyezdi yo‘lida noxush voqea yuz berdi
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ xabariga ko‘ra, temir yo‘llarda beton shpal yotgan edi, bu esa favqulodda tormozlashni talab qilgan.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida sayyohlik poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Ostona shahrida Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida sayyohlik poyezdlari qatnovi to‘g‘risida bitim imzolandi.

Fransiyada ikki poyezd to‘qnashdi
Avariya oqibatida 20 ga yaqin odam jarohatlangan.

Mahalliy yo‘nalishlardagi yotoqli poyezdlar chipta narxi ham qimmatlaydi
Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ rasmiy kanalida ma’lum qilindi.

«Afrosiyob» va boshqa tezyurar poyezdlarning chipta narxlari yana oshirildi
«Afrosiyob» elektropoyezdlarni chipta narxlari quyidagicha:

Parij yaqinida mashinist 300 km/soat tezlikdagi poyezddan yerga sakradi
Bu haqda Le Monde xabar berdi.

Rossiyada yuk va yo‘lovchi poyezdlari to‘qnashib ketdi
Yo‘lovchi poyezdda 326 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Hozirda voqea joyiga favqulodda xizmatlar yuborilgan.

Temiryo‘lga tiqilib qolgan «Damas»ni poyezd urib yubordi
Toshkent viloyatidagi Dalaguzar—Nazarbek temiryo‘l kesishmasida «Damas»ni poyezd urib yubordi.

Talabalar uchun navbatdagi chegirma e’lon qilindi
Chegirma muddati 2024-yil 23-dekabrdan 2025-yil 10-yanvarga qadar amal qiladi.

«Toshkent-Buxoro-Toshkent» yo‘nalishida yangi poyezd qo‘yiladi
Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati xabar qildi.

Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida turistik poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi
16 noyabrdan Olmaota – Turkiston – Toshkent – Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha ilk temiryo‘l sayohat dasturi yo‘lga qo‘yildi.

Mahalliy yo‘nalishlardagi poyezdlarda yuk tashish tariflari oshirilyapti
2024-yil 1-dekabrdan mahalliy qatnovda «O‘zbekiston temir yo‘llar» AJga tegishli (inventar) vagonlarda yuk tashishda tashish tariflari vagon turidan (universal, maxsuslashtirilgan va sisterna) kelib chiqib, tarif stavkalaridagi vagon qismi 30 foiz miqdorida oshiriladi.

O‘zbekistonliklar uchun Issiqko‘lga poyezd qo‘yilyapti
O‘zbekiston va Qirg‘iziston temir yo‘l ma’muriyatlari o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda 36 yoshli ayolni poyezd urib ketdi: u shifoxonada vafot etgan
Xabar qilinishicha, 23-avgust kuni soat 02:00 larda Salar-Nurhayot temiryo‘l bekatlari oralig‘ida 1988-yilda tug‘ilgan, 3 nafar farzandning onasi bo‘lgan ayolni poyezd urib ketgan.

Vagon kuzatuvchisi ishdan olindi: muammoga yechim ishdan bo‘shatishmi?
9 avgust kuni «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ rasmiy sahifalarida holat yuzasidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasi e’lon qilindi.

Toshkent-Markaziy vokzali o‘z faoliyatini boshlaydi
16 avgust sanasidan mahalliy yo‘nalishlarga sayohatni avvalgidek Toshkent-Markaziy vokzalidan davom ettirishingiz mumkin.

Surxondaryoda svetoforga qaramagan «Gentra» haydovchisi poyezd ostida qoldi
Hodisa oqibatida haydovchi halok bo‘ldi.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Poyezd vagonlarining relsdan chiqib ketishiga uning yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgani sabab bo‘lgan.

Aksariyat poyezdlar harakati vaqtincha Janubiy vokzalga ko‘chiriladi
Jumladan, bir oy mobaynida yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdlari, «Sharq», «Nasaf» hamda «Toshkent – Andijon – Toshkent«, «Toshkent – Volgograd – Toshkent», «Dushanbe – Toshkent – Dushanbe» yo‘lovchi poyezdlari Janubiy vokzal hududidan reyslarini amalga oshiradi.

Farg‘onada traktor poyezd bilan to‘qnashib ketdi: qurbon bor
Hodisa oqibatida maktab o‘quvchisi voqea joyida halok bo‘lgan.

Bir yarim yildan beri poyezdda yashayotgan yigit
17 yoshli germaniyalik dasturchi Lasse Stolli uchun poyezd shunchaki transport vositasi emas, balki allaqachon yashash uyiga aylangan.

Vodiy viloyatlariga qatnovchi poyezdlar chiptasi narxida o‘zgarish bo‘ldi
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari bo‘ylab harakatlanuvchi shaharlararo yo‘lovchi poyezdlaridan foydalanuvchilarni chipta narxlari bilan bog‘liq yangilikdan oghlantirmoqda.

Prezident vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodiga bordi
Umuman, avvalgi yillarda 300 dan ziyod yo‘lovchi va texnik xizmat vagonlari ishlab chiqarilib, 50 dan oshig‘i eksportga yuborilgan. Bundan tashqari, 112 ta metropoliten vagonlari modernizatsiya qilingan.

Parlament chipta xarididagi tanish-bilishchilik illatiga e’tibor qaratdi
O‘zbekistonda raqamlashtirish bo‘yicha bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirilganiga qaramay, avia va temiryo‘l transporti uchun chipta xarid qilish jarayonida korrupsiya va tanish-bilishchilik holatlari hamon saqlanib qolmoqda.

Farg‘onada «Damas» haydovchisi o‘zganing aybi bilan halok bo‘ldi
Farg‘onada «Damas» poyezd bilan to‘qnashishi oqibatida haydovchi qurbon bo‘ldi.

Indoneziyada ikki yo‘lovchi poyezdi to‘qnashib ketdi
Indoneziyaning Yava orolida shaharlararo qatnovchi ikkita yo‘lovchi poyezdi to‘qnashib ketdi, natijada to‘rt kishi halok bo‘ldi.

O‘zbekistonda poyezd chiptalari narxi yana oshirilmoqda
O‘zbekistonda 20 yanvardan mahalliy poyezd chipta narxlari oshiriladi.

Moskvada poyezd ostiga yiqilib tushgan o‘smirning o‘zbekistonlik ekani tasdiqlanmadi
Kuryanovo stansiyasida poyezd ostiga yiqilib tushgan yigitcha omon qolgan va hozir tuzalmoqda.

8–9 dekabr kunlari «Afrosiyob» tezyurar poyezdi qatnovi ko‘paytiriladi
8-dekabr juma kuniga to‘g‘ri kelayotgani uchun o‘zbekistonliklar ketma-ket uch kun dam olishadi. «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ dam olish kunlari yo‘lovchilarga qulaylik yaratishga qaror qildi.

Toshkentdan Sariosiyoga alohida yo‘lovchi poyezdi qatnaydigan bo‘ldi
Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonning tarixiy shaharlari bo‘ylab Italiya poyezdi qatnaydi
Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

Toshkentdan Angrenga qatnovchi yo‘lovchi poyezdi uch kun harakatlanmaydi.
Poyezd 11 noyabrdan 14 noyabrgacha qatnamaydi

poyezd chiptalarining yangi narxlari e’lon qilindi
Avvalroq narxlar keskin oshishi xabar berilgandi.

Surxondaryoda poyezd yo‘liga chiqib ketgan «Spark» haydovchisi halok bo‘ldi
Surxondaryo viloyati Sho‘rchi – Xayrobod uchastkasidagi qo‘riqlanmagan temir yo‘l kesishmasida shaharlararo poyezd favqulodda tormozlanganiga qaramay, «Spark» rusumli yengil avtomobil bilan to‘qnashib ketgan.

Toshkentda talaba qiz o‘zini poyezd tagiga tashladi
Bu haqda Transport va turizm ob’yektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xabar berdi.

O‘zbekiston Janubiy Koreya va Chexiyadan poyezdlar xarid qiladi
Buning uchun Janubiy Koreyaning Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish jamg‘armasidan 35 yil muddatga 185 mln yevro qarz olinadi.

Markaziy vokzaldagi aksar poyezdlar qatnovi Janubiy vokzalga ko‘chirildi
«Toshkent-Janubiy» temir yo‘l vokzaldagi kutish zallari, vokzalga kirishda 3 ta bir bosqichli nazorat o‘tish punktlari doimiy ravishda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi»: ayrim yo‘lovchi poyezdlar harakati bekor qilindi, chiptalar qaytariladi
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» kompaniyasi 2023-yilning 13, 14 va 15-sentyabr kunlari bir qator yo‘lovchi poyezdlar harakati bekor qilinishi haqida xabar qildi. Kompaniya axborot xizmatiga ko‘ra, bu texnik sabablar bilan bog‘liq.

Elektrovoz va yuk mashinasi to‘qnashdi
Toshkent viloyati Zangiota tumanida elektrovoz va yuk avtomobili ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilyapti
28-iyun kuni nishonlanadigan Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida ayrim yo‘nalishlarga qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Surxondaryoda yo‘lovchi poyezdi “Jiguli”ni urib yubordi
Joriy yilning 21-iyun kuni soat 08:10 larda Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tuvchi 6376-sonli “Termiz-Sariosiyo” shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi poyezdi “Qumqo‘rg‘on-Elbayan” temir yo‘l bekatlari oralig‘ida VAZ-2107 avtomobilini urib yuborgan.

poyezdlar harakati bo‘yicha muhim ma’lumot e’lon qilindi
Bu haqda «O‘ztemiryo‘lovchi» kompaniyasi ma’lumot bermoqda.

Chinozda poyezd 36 yoshli ayolni bosib ketdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Chinozdagi poyezd yo‘lida ayol kishini jasadi yotganligi haqida videoxabar tarqalgan.

poyezd yo‘lovchilarining necha foizi «Afrosiyob»da yurishi ma’lum bo‘ldi
Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot bermoqda.

Farg‘onada relsda o‘tirib qo‘shiq eshitgan 28 yoshli yigitni poyezd bosib ketdi
Farg‘onada quloqchin taqib, relsda o‘tirgan 28 yoshli yigit yuk poyezdi bosib ketishi oqibatida vafot etdi.

«Toshkent metropoliteni» aholiga murojaat qildi
Shu kunda poyezdlar harakati «Do‘stlik-2»—«6-bekat» oralig‘ida tashkil etiladi.

Ellikqal’ada yo‘lovchi poyezd 44 yoshli fuqaroni bosib ketdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida yo‘lovchi poyezd 44 yoshli fuqaroni bosib ketdi.

Chinozda «layk» yig‘ishni ko‘zlagan ikki bolani kuchli tok urdi
Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yuk poyezdi ustiga chiqqan ikki bolani tok urdi.

Yana ikki yo‘nalishda qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ bayram kunlarida yo‘lovchilarni tashish maqsadida «Toshkent-Qarshi-Toshkent» hamda «Toshkent-Urganch-Toshkent» yo‘nalishlarida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qildi.

Toshkentda yuk poyezdi izidan chiqib ketdi (foto)
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida poyezd vagonlari relsdan chiqib ketgan aytilgan xabar tarqaldi.

Toshkent viloyatida 83 yoshli shaxs poyezd tagidan o‘tayotib oyog‘idan ayrildi
O‘rganishlar davomida har ikki fuqaro ham muntazam ravishda spirtli ichimliklar iste’mol qilishi aniqlangan.

Anomal sovuq «Afrosiyob» poyezdini ishdan chiqardi
Poyezd «Malik» bekatida to‘xtatilgan.

Kuchli sovuq oqibatida poyezdlar harakati o‘zgaradi
Tashkilot noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.

Yuqori tezlikdagi «Afrosiyob» Chinozda to‘xtab qoldi
Yo‘lovchilarga yo‘l davomida qo‘shimcha issiq choy-kofe va oziq-ovqat bepul tarqatilgan.

Toshkentdan Andijonga qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yildi
Toshkent—Andijon—Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.

Andijondan Xivaga poyezdlar qatnovi har kuni amalga oshiriladi
«Andijon-Xiva» yo‘nalishida 12-dekabrdan boshlab har kuni poyezdlar harakati amalga oshiriladi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

poyezdlar harakatiga xavf tug‘dirgan shaxslarga hukm o‘qildi
Xuquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Angren temir yo‘l yo‘nalishida poyezdlar harakati xavfsizligiga salbiy ta’sir qiluvchi o‘g‘irlik jinoyati bilan bog‘liq holatga chek qo‘yildi.

Metro bekatlaridan biri 6-dekabrgacha yopiladi
«Yer usti halqa yo‘li» yo‘nalishida poyezdlar harakati «Do‘stlik-2» bekati bilan 6-bekat oralig‘ida tashkil etiladi.

Buxoroda 38 yoshli ayol o‘zini poyezd tagiga tashladi
Bugun tongda sodir bo‘lgan xodisa sabab ayol voqea joyida vafot etgan.

250 yo‘lovchili poyezd izdan chiqib ketdi — Niderlandiya
Aksariyat yo‘lovchilar Vertedagi shanba yarmarkasidan qaytishayotgan bo‘lgan.

poyezd va yengil mashina to‘qnashuvida yetti kishi halok bo‘ldi — Vengriya
Uzumzorga yo‘l olgan avtomobilda yetti nafar ishchi bo‘lgan, ularning ikki nafari mashina yukxonasida ketayotgani keyinroq aniqlandi...

Dunyodagi ilk vodorodli poyezdlar Germaniyada yo‘lga qo‘yildi
Vodorodli poyezdlarning asosiy afzalligi — havoga zararli chiqindilar ajratmaydi. Bundan tashqari, 1 kilogramm vodorod yonilg‘isi 4,5 kilogramm dizel yonilg‘isining o‘rnini bosadi.

Dunyodagi birinchi osma temir yo‘l ochildi
Muhandislar osma yo‘lni qurishda doimiy magnitlardan foydalanishdi.

«Nukus — Beyneu — Nukus» yo‘nalishidagi poyezd reysi bekor qilindi
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ rahbariyati keltirilgan noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.

30 yil deganda Dushanbedan Toshkentga poyezd kelmoqda
Poyezd bugun, 21-iyun kuni soat 13.43 da Toshkent vokzaliga yetib kelishi kutilyapti.

Toshkentdan Rossiya shaharlariga poyezdlar jadvali e’lon qilindi
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida temiryo‘l qatnovi tiklanmoqda.

Eronda poyezd halokati sabab 17 kishi qurbon bo‘ldi
Fojia bugun, 8-iyun kuni ertalab yuz berdi.

Mast fuqaro poyezd yo‘lida uxlab qoldi
9-may kuni Toshkent—Xo‘jakent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan elektropoyezd Salar—Nurhayot temir yo‘l bekatlari oralig‘ida noma’lum fuqaro yotgani sababli favqulodda to‘xtagan.

«Toshkent-Shahrisabz-Toshkent» yo‘nalishida «Afrosiyob» poyezdi qatnovi qo‘yiladi
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha noqulay ob-havo sabab Farg‘ona vodiysiga poyezd qatnovi to‘xtatilgandi.

Vodiyda kuzatilayotgan holat sabab poyezdlar bir kunga to‘xtatildi
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabariga ko‘ra, yo‘lovchilarga xarid qilingan chiptalari 100 foiz miqdorda qaytarib beriladi.

Samarqand bilan ikki tuman o‘rtasida elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Davlatimiz rahbari yo‘llar qurish va ta’mirlash bilan birga ularni sifatli saqlash ham zarurligini ta’kidladi.

Noma’lum shaxs tezyurar poyezddagi 9 yoshli bolaning boshini yordi
Ushbu voqea soat 22:25 da «Oltiariq – Marg‘ilon» uchastkasining 244-kilometrida sodir bo‘lgan.

O‘zini metro poyezdi tagiga tashlagan shaxs vafot etdi
Tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Chirchiq transformator zavodi ishchisi poyezd ostida qolib halok bo‘ldi
Chirchiq transformator zavodi ishchisi Sh.K. Chirchiq tumani «Chirchiq-Aranchi» temir bekati 38 km.da Toshkent-Xo‘jakent yo‘nalishidagi shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi poyezdi urib yuborishi oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Hindistonda poyezd izdan chiqib ketdi, qurbonlar bor
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 5 kishi halok bo‘lgan, 45 dan ziyod odam jarohatlangan.

Toshkent viloyatida quloqchinli piyodani poyezd bosib ketdi
Joriy yilning 3 yanvar kuni Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani «Boyovul» mahallasida yashagan N.A temir yo‘l izi atrofida qulog‘ida quloqchin taqib chorva mollarini boqib yurgan «To‘ytepa-Ozodlik» yo‘nalishidan kelayotgan yuk poyezdi urib yuborishi natijasida vafot etdi.

«Toshkent-Urganch» yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar yo‘lga qo‘yilmoqda
2022-yil 4-yanvardan 9-yanvargacha «Toshkent-Urganch-Toshkent» yo‘nalishida 556/555 sonli qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlarining qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Qibrayda poyezd ustiga chiqqan talaba kuchli tok urishi sabab halok bo‘ldi
Qibrayda 2-akademik litsey talabasi temir yo‘l bekatidagi vagon ustiga chiqishi oqibatida tok urib, halok bo‘ldi.

Angrenda 20 ta vagon ag‘darilib ketdi, mashinist va yordamchisi jabrlangan
Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan va Angren shahar shifoxonasiga yuborilgan.

Xorazmda poyezd ayolni bosib ketdi. Bosh prokuratura bayonot berdi
Holat yuzasidan Urganch transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Pandemiya davrida Rossiyada qolib ketgan yurtdoshlarimizni olib kelish choralari ko‘rilmoqda
Dekabr oyida Rossiyadan O‘zbekistonga 8 marotaba maxsus yo‘lovchi poyezdi qatnovi amalga oshiriladi!

Rossiyadan O‘zbekistonga maxsus poyezd rejalashtirilmoqda
Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekistonga qaytish istagida bo‘lgan fuqarolarga pandemiya davrida qulaylik yaratish maqsadida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan «Voljskiy-Toshkent» yo‘nalishida 5 ta maxsus reys rejalashtirilmoqda.

Yo‘lovchi poyezdi asfalt tekislovchi mashina bilan to‘qnashdi — Rossiya
Ko‘ngilsiz hodisa kecha, 8-noyabr kuni yuz bergan.

poyezd «Jentra»ni sudrab ketdi
Hodisa oqibatida haydovchi og‘ir tan jarohati olib vafot etgan.

Yaponiyada poyezdga o‘t qo‘yib, odamlarga pichoq bilan tashlangan kishi nima uchun bunday qilganini aytdi
Avvalroq Tokioda bir erkak poyezd yo‘lovchilariga pichoq bilan hujum qilgani haqida xabar bergandik.

Yaponiyada erkak pichoq bilan poyezd yo‘lovchilariga tashlandi
Kamida 15 kishi jarohatlangan, halok bo‘lganlar ham borligi aytilmoqda.

Navoiyda poyezd tuyalarni urib yubordi
Navoiy viloyati «Tinchlik» lokomotiv deposiga qarashli teplovoz o‘ziga biriktirilgan yuk poyezdini Mustaqillik – Uchquduq yo‘nalishida tortib kelayotgan vaqtda temir yo‘llarda qarovsiz yurgan 3 bosh tuyani urib yuborgan.

Transport prokuraturasi: 33 yoshli erkak o‘zini poyezd tagiga tashladi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Navoiyda 33 yoshli erkak o‘zini poyezd tagiga tashladi» sarlavhali xabarlar tarqalgan.

AQShda baxtsiz hodisa yuz berdi
Voqea sodir bo‘lgan hududda tibbiy vertolyotlar ishlamoqda, beshta shifoxona jarohatlangan yo‘lovchilarni qabul qilishga tayyor.

Xiva shahriga tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Xorazm viloyatida bo‘lib turibdi. Amaldagi davlat raxbari viloyatda turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini ma’lum qildi.

Surxondaryoda poyezd yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi
Qumqo‘rg‘onda poyezd yuk mashinasi bilan to‘qnashib relsdan chiqib ketgan. Holat videosi va fotosuratlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

Rossiyadan O‘zbekistonga maxsus poyezd reyslari yo‘lga qo‘yilmoqda
Pandemiya davrida Rossiya hududida qolib ketgan yurtdoshlarimizni O‘zbekistonga olib kelish maqsadida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ maxsus reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda.

«Andijon-Termiz-Andijon» yo‘nalishida yangi yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Poyezd Marg‘ilon, Qo‘qon, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qarshi kabi yirik shaharlardan o‘tib, Termiz shahriga yetib boradi.

Dunyodagi eng tezyurar poyezd yaratildi
Xitoy magnitli yo‘lakchada soatiga 600 km tezlik bilan harakatlana oladigan poyezdni ishlab chiqdi.

Qashqadaryoda qaynotasi bilan tortishgan kelin o‘zi va bolalarini poyezd tagiga tashladi
Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida qaynotasi bilan tortishib qolgan kelin o‘zi va ikki nafar farzandini poyezd tagiga tashlab, vafot etdi.

«Afrosiyob» poyezdi harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritildi
13-iyul kuni soat 7:28 da Toshkent-Buxoro yo‘nalishida qatnovini amalga oshiradigan 762-sonli «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdining harakat jadvalida bir martalik o‘zgarish bo‘ladi.

Avstriyada ichida maktab o‘quvchilari bo‘lgan poyezd daryoga qulab tushdi (foto)
Poyezd haydovchisi tormozni ishga tushirgan, ammo halokatning oldini olishga ulgurmagan.

Anomal issiq havo poyezdlar harakatiga ta’sir qiladi
«O‘zgidromet» ma’lumotiga ko‘ra, joriy yil 6 iyuldan 9 iyulgacha O‘zbekistonga Eron hududlaridan quruq va issiq havo kirib kelishi davom etadi.

Gulistonda mudhish hodisa yuz berdi: poyezd 55 yoshli ayolni urib yubordi
Ayol olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgani aytilmoqda.

Meksikada poyezd uylarni majaqlab tashladi
Fuqaroning jasadini chiqarib olish uchun vayronalar tozalanmoqda.

Dushanba kungi yo‘lovchi poyezdlarining ayrim yo‘nalishlari bekor qilindi
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ rahbariyati bunday noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raydi.

Pokistonda ikki poyezd to‘qnashuvida 36 kishi halok bo‘ldi
Voqea guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, to‘qnashuv paytida poyezd yo‘lovchilarining aksariyati uxlab yotgan bo‘lgan.

Xitoyda to‘qqiz kishi poyezd tagida qoldi
Yo‘lovchi poyezdi Urumchi shahridan Xanchjou shahriga ketayotgan bo‘lgan.

«Xovosda poyezd ayolni «ikkiga bo‘lib tashladi» xabari yuzasidan ma’lumot berildi
Surishtiruv ishlari natijasida ushbu ayol 1999-yilda tug‘ilgan T.Sh. ekanligi hamda o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida elektropoyezd urib yuborganligi aniqlangan.

Hayit kuni metro 04:00 dan ish boshlaydi
«Toshkent metropoliteni» UK Ramazon hayiti bayrami nishonlanishi munosabati bilan Toshkent metropolitenining ish tartibi haqida ma’lumot berdi.

Andijonda yosh yigitni poyezd bosib ketdi
Bugun, 29-aprel kuni soat 11:00 larda Andijon viloyatida quloqchin taqib ketayotgan yigitni poyezd bosib ketdi.

Qoidani mensimagan «Lacetti» yuk poyezdi bilan to‘qnashib ketdi
25-aprel kuni «Dalaguzar - «Nazarbek» temiryo‘l kesishmasida «Lacetti» avtomobili yuk poyezdi bilan to‘qnashib ketdi.

Misrda relsdan chiqib ketgan poyezd fojiaga sabab bo‘ldi (video)
Hodisa Tux temir yo‘l stansiyasi yaqinida sodir bo‘lgani aytilmoqda.

Chexiyada poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
Yong‘inni o‘chirishga to‘qqizta yong‘in brigadasi jalb qilingan.

Tayvandagi poyezd halokatida 40 kishi qurbon bo‘lgani aytilmoqda
Tayvanda yo‘lovchi poyezdining qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 40 nafarga yetdi va yana 61 kishi jarohat oldi, deya xabar bermoqda mamlakat Markaziy yangiliklar agentligiga asoslanib RIA Novosti.

Mast erkak o‘zini poyezd tagiga tashlamoqchi bo‘ldi
Holatdan xabar topgan mahalla mutasaddilari Ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qilgan.

Misrda ikkita poyezd to‘qnashib ketdi: ko‘p yo‘lovchi halok bo‘ldi (foto)
Sog‘liqni saqlash vaziri Xala Zayd voqea joyiga jo‘nab ketdi.

Navoiylik ayol o‘zi va uch nafar qizchasini poyezd ostiga tashladi
21-mart kuni Navoiy viloyati Karmana tumanidan bo‘lgan 31 yoshli ayol o‘zi va uch nafar farzandini poyezd ostiga tashlagan.

Namanganda quloqchindagi yigitni poyezd urib ketdi
Namangan viloyati Davlatobod tumanida 21-mart, yakshanba kuni quloqchin taqib yurgan yigitni poyezd urib ketgan

poyezdni tunagan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi
Vagon hujjatlariga ko‘ra 770 dona qop yarim tayyor teri mahsuloti ortilgan.

Ertadan Toshkent – Andijon – Toshkent poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Ertaga, 16-fevral kunidan boshlab 64/63-sonli Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdi Namangan vokzali orqali qatnovini amalga oshiradi.

Toshkentda qiz o‘zini poyezd ostiga tashladi
Toshkentdagi «Yalang‘och» va «Salar» temir yo‘l stansiyalari oralig‘ida o‘z joniga qasd qilishga uringan qiz o‘zini poyezd ostiga tashladi.

Surxondaryoda poyezdga urilgan «Damas»ning haydovchisi vafot etdi
16-yanvar kuni Surxondaryo viloyatidagi Tangimush va Oqjar stansiyalari oralig‘idagi temir yo‘l kesishmasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

«Toshkent-Andijon» poyezdining vagon kuzatuvchisi ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi va transport prokuraturasi xodimlari yana bir firibgarlikka oid jinoyatni fosh etishdi.

poyezd yo‘liga tosh terganlar fosh bo‘ldi
IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etayotganini ma’lum qildi.

Niderlandiyada haykal poyezdni suvga qulashdan qutqarib qoldi
Yarim tunda poyezd chegaralangan yo‘ldan chiqib ketgan.

Sergeli yo‘nalishida sinov poyezdi o‘z harakatini boshladi!
Poyezd o‘z harakatini amalga oshirib, ustki po‘lat izlarning tayyorligini tasdiqladi.

Rossiyadan O‘zbekistonga tashkil etilayotgan maxsus poyezdlarga elektron chiptalar sotilmoqda
COVID-19 koronavirus pandemiyasi davrida Rossiya qolib ketgan yurtdoshlarimizni mamlakatimizga olib kelish maqsadida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan maxsus poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.

Tailandda poyezd avtobusni urib yubordi: halok bo‘lganlar ko‘p (video)
Avtobus haydovchisi yaqinlashib kelayotgan poyezdning oldidan o‘tib ketishga uringan.

Chexiyada poyezdlar to‘qnashdi
Voqea joyida qutqaruv vertolyotlari jarohatlanganlarni shifoxonalarga yetkazmoqda.

Maxsus poyezd reysi orqali mingga yaqin yurtdoshimiz olib kelindi
Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasining Samara viloyatidan olib kelish uchun «Toshkent – Kinel –Toshkent» temir yo‘l reysini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi.

Ruminiyalik qo‘shiqchi o‘z o‘limini jonli efir orqali namoyish qildi (video)
Taxminan bir oy avval xonanda ijtimoiy tarmoqlar orqali g‘aroyib post qoldirgani ta’kidlanmoqda.

Shotlandiyada poyezd relsdan chiqib ketdi
Halokatdan so‘ng yong‘in kelib chiqqan.

Samara va Orenburgdan fuqarolar poyezdlar orqali qaytarilmoqda
Poyezd chiptalari faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun Buzuluk va Kinel vokzallarida sotildi.

Olimlar poyezdda koronavirusni yuqtirish xavfini kamaytirish yo‘lini aniqlashdi
Yuqtirish xavfi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijtimoiy masofaga bog‘liqligi ta’kidlanmoqda.

13-iyuldan mahalliy poyezdlar va avia qatnovlar ham to‘xtatiladi
Bugun AOKA huzuridagi shtabda Transport vazirligi axborot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatov ishtirokida karantin cheklovlari bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarori yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi.

Chexiyada ikki poyezd to‘qnashib ketdi: qurbonlar va boshqa tafsilotlar
Halokat oqibatida o‘nlab yo‘lovchilar shikastlanishgan.

Xitoy manzilga samolyotdan ham tezroq yetib boradigan poyezdni sinovdan o‘tkazmoqda
Maglev-poyezd soatiga 600 km tezlik bilan harakatlanishi mumkin.

Bugundan «Nasaf» hamda «Sharq» poyezdlari harakatlanishi yo‘lga qo‘yildi
Bugundan Toshkent – Qarshi – Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 4/3 raqamli «Nasaf» hamda Toshkent – Buxoro – Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 10/9 raqamli «Sharq» yo‘lovchi poyezdlarining harakatlanishi yo‘lga qo‘yildi.

«Sariq» va «yashil» hududlar o‘rtasidagi poyezd qatnovi vaqtlari ma’lum qilindi
2020-yil 15-iyundan boshlab «sariq» va «yashil» toifalarga ajratilgan hududlar o‘rtasida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etgan holda 7 ta yo‘nalishda poyezdlar qatnovini qayta tiklashga ruxsat berildi.

«Sariq» va «yashil» hududlar o‘rtasida poyezdlar qatnovi tiklanmoqda
Respublika maxsus qarori bilan ayrim yo‘nalishlardagi xalqaro aviareyslarga ruxsat berilgani ma’lum qilingandi.

Koronavirus tarqalishini to‘xtatishning yangi usuli topildi
Bu jamoat joylaridagi zina hamda eshik dastalarida, shuningdek, poyezd va avtobuslarning tutqichlarida bo‘lishi lozim.

Vokzaldan lavhalar: karantin sharoitida yo‘lovchilar poyezdga qanday chiqishmoqda? (foto)
18-may sanasidan mahalliy yo‘nalishlarda temir yo‘l va aviaqatnovlar maxsus talablar asosida tiklangan edi.

Diqqat! poyezd va samolyotda koronavirus bo‘yicha ma’lumotnoma bekor qilindi
Shu bilan birga, avia va temir yo‘l qatnovlarini tashkil etishda barcha karantin qoidalariga amal qilish, shu jumladan, yo‘lovchilar sonini kamaytirish, dezinfeksiya qilish va boshqa sanitariya talablari so‘zsiz bajarilishi talab etiladi.

Toshkentdan viloyatlarga poyezd qatnovi boshlandi (foto)
Ma’lumki, Respublika maxsus komissiyasi mahalliy yo‘nalishlarda temir yo‘l va aviaqatnovlarini yo‘lga qo‘yishning vaqtinchalik tartibini tasdiqlagandi.

Шаҳарлар ичида шахсий автомобиллар ҳаракати бўйича чекловлар бекор қилиниши мумкин
Йиғилишда юртимиздаги эпидемиологик вазият ҳамда ҳудудлар раҳбарларининг таклифларидан келиб чиқиб, карантин талабларини янада юмшатиш масалалари муҳокама қилинди.

Hindiston temir yo‘l yordamida koronavirusga qarshi kurashmoqchi
Bunday poyezdlarda mamlakatning xohlagan joyiga borish mumkin.

Boshsiz topilgan rossiyalik ishi bo‘yicha tafsilotlar ochiqlandi
U o‘zini poyezd ostiga tashlagani suratga olingan video mavjud emas.

Andijonda yuk poyezdi yosh qizchani urib ketdi
11 fevral kuni Andijon viloyati Izboskan tumanida yosh qizchani yuk poyezdi urib ketgan. «Zed News» kanali manbasiga ko‘ra, bergan xabarga ko‘ra, qizchaning ahvoli og‘ir.

Italiyada «Qizil o‘q»ning halokati ikki kishini hayotdan olib ketdi
28 nafar yo‘lovchi jabr ko‘rdi: ular yengil jarohatlanishgan va tibbiyot muassasasiga yetkazilgan.

Qaysar tuya Toshkent—Moskva poyezdini kechiktirdi (video)
Hodisa Rossiya-Qozog‘iston chegarasiga yaqin hududda, Astraxan viloyatida yuz bergan.

poyezd urib yuborishi oqibatida Namangan va Samarqandda 2 kishi nobud bo‘ldi
«Moskva-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdi «Zarafshon-Jomboy» bekatlari oralig‘ida harakatlantirib ketayotgan vaqtida temir yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan 53 yoshli piyoda R.B.ni urib yuborgan.

Samarqandda 40 yoshli kishi poyezd yo‘lida ayanchli o‘lim topdi
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda va hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Andijon-Qo‘qon yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezd izidan chiqib ketdi (video)
Bugun, 12-dekabr kuni Andijon-Qo‘qon yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan poyezd avariyaga uchragan.

Buxoroda bir erkak poyezd ostida qoldi
5-dekabr kuni taxminan 4:55 da Buxoro viloyatida temir yo‘ldan o‘tayotgan 58 yoshli G. X. yuk elektropoyezdi bosib ketishi natijasida vafot etdi.

Bangladeshda 2 ta poyezd to‘qnashib ketdi. Qurbonlar ko‘p
Mahalliy hukumat qurbonlar soni ko‘payishi mumkinligini istisno qilmayapti.

Pokistonda poyezdda 10 kishi yonib ketdi
Yong‘in yo‘lovchilar uchun taom tayyorlanadigan poyezd oshxonasidagi gaz balloni portlashi oqibatida kelib chiqqanligi taxmin qilinmoqda.

Qozog‘istonda poyezd avtobus bilan to‘qnashib ketdi (video)
Avtobusda 67 nafar yo‘lovchi bo‘lgan... Barcha yo‘lovchilarni tushirgan haydovchining o‘zi ulgurmagan.

Noxush hodisa: Kongoda poyezd relsdan chiqib ketdi. Halok bo‘lganlar va jarohat olganlar ko‘p
Fojia sababi hozircha noma’lum. Shoshilinch xizmat ko‘rsatish xodimlari hodisa joyida ishlashmoqda.

«Navoiy-Zarafshon» shaharlararo poyezdi yo‘lga qo‘yildi
20-avgust soat 06:10 da Navoiy shahridan yo‘lga chiqqan poyezd soat 11:45 da «Yangi-Zarafshon» mahallasidagi stansiyaga yetib keldi.

Toshkentdan Urganchga qo‘shimcha poyezd yo‘lga qo‘yilmoqda
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ ma’muriyati, O‘zbekiston mustaqilligining 28 yilligi bayrami arafasida Toshkent – Urganch – Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.

Samarqandga qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdi yo‘lga qo‘yilmoqda
Unga ko‘ra, 2019-yil 26, 27, 28, 29 - avgust hamda 2, 3-sentabr kunlari «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarining qo‘shimcha reyslari amalga oshiriladi.

Obunachilar yig‘ish uchun poyezd tagiga o‘zini tashlagan bloger qanday jazolanadi?
Toshkentda bloger o‘zini poyezd tagiga tashlagani va buni videoga olgani ijtimoiy tarmoqlarda tarqab edi. Toshkent shahar IIBBga ko‘plab jurnalistlardan savollar kelib tushdi va unga ko‘ra blogerga nisbatan qanday jazo qo‘llanilishi so‘raldi.

Toshkent – Olmaota poyezdi chiptalariga chegirma joriy qilindi. Narxlar tushishi kutilmoqda
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga qarashli «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ va «Qazaqstan temir joli milliy kompaniyasi» rahbariyati ishtirokida o‘zaro chiptalar narxini pasaytirish masalasi bo‘yicha muzokara o‘tkazildi.