Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda yo‘lovchi poyezdi “Jiguli”ni urib yubordi

Surxondaryoda yo‘lovchi poyezdi “Jiguli”ni urib yubordi

Joriy yilning 21-iyun kuni soat 08:10 larda Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tuvchi 6376-sonli “Termiz-Sariosiyo” shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi poyezdi “Qumqo‘rg‘on-Elbayan” temir yo‘l bekatlari oralig‘ida VAZ-2107 avtomobilini urib yuborgan.

Transport va turizm ob’yektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti bergan ma’lumotga ko‘ra, poyez ketayotgan vaqtida, ushbu bekatlarning  4538-km 10-piketida joylashgan qo‘riqlanmaydigan kesishmasidan 67 yoshli M.M. o‘ziga tegishli bo‘lgan VAZ-2107 avtomashinasida chiqib kelgan. Yengil avtomobil haydovchisi o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida, poyezd yoliga chiqib ketgan va YTH sodir etgan.

Tan jarohati olganlar yo‘q.

Yo‘lovchi poyezdi soat 08:12da to‘xtab, soat 08:50da o‘z harakatini davom ettirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring