Avtomobil «Liverpul» muxlislarini bosib ketdi

Liverpulda avtomobil olomon ustiga haydaldi — hodisa 26-may kuni shaharning Uoter-strit ko‘chasida sodir bo‘ldi, bu paytda muxlislar «Liverpul» futbol klubining Angliya chempionatidagi g‘olibligini nishonlayotgandi, deb xabar berdi Reuters.
YTH oqibatida 27 kishi shifoxonaga tushgan, ikki nafarining ahvoli og‘ir.
Politsiyachilar mashina haydovchisi — 53 yoshli britaniyalikni qo‘lga olgan. Terakt ehtimoli rad etilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter