Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

250 yo‘lovchili poyezd izdan chiqib ketdi — Niderlandiya

250 yo‘lovchili poyezd izdan chiqib ketdi — Niderlandiya

Illyustrativ foto

Niderlandiyaning Limburg viloyatida 250 yo‘lovchini olib ketayotgan xalqaro poyezd izdan chiqib ketdi. NL Times xabar berishicha, jabrlanganlar yo‘q.

Hodisa mahalliy vaqt bilan soat taxminan 03:00 larda yuz bergan.

Aksariyat yo‘lovchilar Vertedagi shanba yarmarkasidan qaytishayotgan bo‘lgan.

Poyezdning izdan chiqib ketishi sababi noma’lum, voqea joyiga yetib kelgan ekspertlar buni o‘rganishyapti.

Avariyaga uchragan poyezdning yo‘lovchilarini boshqa poyezd bekatgacha eltib qo‘ydi, u yerda ular uchun maxsus avtobuslar tashkil etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring