Xiva shahriga tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Xorazm viloyatida bo‘lib turibdi. Amaldagi davlat raxbari viloyatda turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra:
— Urganchdagi Pahlavon Mahmud va Xivadagi Alleya hududlarida «Turizm ko‘chasi» barpo etiladi.
— Xiva shahriga tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilib, turistlar oqimi kamida 2 barobarga oshadi.
— «Manguberdi vataniga sayohat» nomli ichki turizm dasturi orqali, har yili 500 mingdan ziyod o‘quvchi, talaba va pensionerlarning Xorazmga safarini tashkil etish mo‘ljallanmoqda.
— E’tibordan chetda qolgan 100 dan ziyod madaniy meros ob’yektlarini restavratsiya qilishga davlat buyurtmasi joriy qilinadi hamda ularga olib boruvchi infratuzilma tiklanadi. Buning uchun, budjetdan har yili 50 milliard so‘m ajratiladi.
— Ichan-qal’adagi Najmiddin Kubro saboq bergan Shayx Kabir masjidi, xonaq́oh va chillaxona rekonstruksiya qilinib, ziyoratgohga aylantiriladi.
— Arab Muhammadxon madrasasidagi 56 mingta eksponat, nodir topilma va buyumlarni saqlash va namoyish qilish uchun, yangi muzey tashkil etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter