Italiyada «Qizil o‘q»ning halokati ikki kishini hayotdan olib ketdi

«Qizil o‘q» (Frecciarossa) tezyurar poyezdi relsdan chiqib ketishi natijasida ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi, 28 kishi jarohatlandi, deya xabar berdi «Sputnik Radiosi».
Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 5:35 da sodir bo‘lgan. 9595 raqamli poyezd Milandan Salernoga safarga chiqqan, biroq yo‘lda relsdan chiqib ketgan, ikkita vagon ag‘darilib ketgan.
Ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi – ikkalasi ham poyezd mashinisti. 28 nafar yo‘lovchi jabr ko‘rdi: ular yengil jarohatlanishgan va tibbiyot muassasasiga yetkazilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter