Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pandemiya davrida Rossiyada qolib ketgan yurtdoshlarimizni olib kelish choralari ko‘rilmoqda

Pandemiya davrida Rossiyada qolib ketgan yurtdoshlarimizni olib kelish choralari ko‘rilmoqda

Pandemiya davrida Rossiya davlatida qolib ketgan yurtdoshlarimizga mamlakatimizga kelishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan «Voljskiy-Toshkent» yo‘nalishida 483-sonli maxsus yo‘lovchi poyezdining 8 marotaba qatnovi amalga oshiriladi.

2021-yil 4-dekabr kuni soat 20:57 da «Voljskiy» temir yo‘l vokzalidan ushbu poyezdning birinchi reysi qatnovi boshlangan bo‘lsa, qolgan reyslari 6, 10, 13,17, 20, 24, 27-dekabr kunlari soat 20:57 da ushbu temir yo‘l vokzalidan harakatini amalga oshiradi. 

Mazkur poyezdga faqat bir tomonga, ya’ni «Voljskiy-Toshkent» yo‘nalishiga chiptalar sotiladi. Chiptalarni elektron tarzda ham sotish yo‘lga qo‘yilgan. Rossiyadagi yurtdoshlarimizning yaqinlari O‘zbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining nusxasi bilan «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati veb-sayti orqali ye-ticket.railway.uz dan chiptalarni elektron tarzda xarid qilib olib, jo‘natishlari ham mumkin.

O‘zbekiston temir yo‘llari AJ ma’lum qilishicha, qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring