Samarqandda 40 yoshli kishi poyezd yo‘lida ayanchli o‘lim topdi
2020-yil 2-yanvar kuni soat 12:45 larda Pastdarg‘om tumani hududida harakatlanib borayotgan 49 yoshli mashinist M.A. boshqaruvidagi 0113-sonli yo‘lovchi poyezdi temir yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyoda 40 yoshli X.Yu.ni urib yuborishi natijasida u hodisa joyida vafot etgan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda va hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
«Hurmatli fuqarolar! Sizdan temir yo‘l yaqinida harakatlanayotganingizda yoki yo‘lni kesib o‘tayotganingizda belgilangan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter