«Nukus — Beyneu — Nukus» yo‘nalishidagi poyezd reysi bekor qilindi
«Nukus — Beyneu — Nukus» yo‘nalishida qatnovini amalga oshiradigan 647/648-sonli halqaro yo‘lovchi poyezdining harakati texnik sabablarga ko‘ra bir reysga bekor qilinadi.
Xarid qilingan chiptalarning summasi to‘liq qiymatda o‘z egalariga qaytarib berilishi ma’lum qilingan.
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ rahbariyati keltirilgan noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter