Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdan Angrenga qatnovchi yo‘lovchi poyezdi uch kun harakatlanmaydi.

Toshkentdan Angrenga qatnovchi yo‘lovchi poyezdi uch kun harakatlanmaydi.

Toshkent – Angren yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi uch kun harakatlanmaydi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, harakat tarkibini modernizatsiya qilish maqsadida 6408/6409-sonli Toshkent  Angren – Toshkent yo‘nalishidagi shaharlararo yo‘lovchi poyezd 11 noyabrdan 14 noyabrgacha qatnamaydi. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘ralgan.

Avvalroq Toshkent va Hojikent o‘rtasidagi elektropoyezdlar harakati 8 noyabrdan boshlab vaqtincha to‘xtatilgani haqida xabar berilgandi. Elektropoyezdlar harakati 10 noyabrdan qayta tiklandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring