Issiq havo tufayli poyezdlar tezligi pasaytiriladi – «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi»

O‘zbekistonda joriy haftada jazirama issiq bo‘lishi kutilmoqda. «O‘zgidromet» prognoziga ko‘ra, ushbu ish haftasi davomida mamlakat bo‘ylab havo harorati +40…+42 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda +43…+44 darajagacha ko‘tarilishi qayd etilgan.
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» kompaniyasining xabariga ko‘ra, mamlakatda anomal issiq tufayli relslarda harorat ko‘tariladi va shu sababli shaharlararo poyezdlar harakati tezligi cheklanishi mumkin.
Bunda harorat ko‘tarilishi natijasida yerusti temir yo‘llarining relslari hamda ularning po‘lat qismlarida harorat juda yuqori bo‘lishi inobatga olinadi.
«Harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatilgan poyezdlar sovitish tizimining ishlash quvvati pasayishi, shuningdek, tezligiga cheklovlar o‘rnatilgan poyezdlar harakat jadvalida ko‘rsatilgan vaqtdan kechroq manzilga yetib borishi mumkin», – deyiladi rasmiy xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter