Ayrim viloyatlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kutilmoqda

«O‘zgidromet» 10-iyun uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Mamlakatimizda bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ayrim joylarda, kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30-35° bo‘ladi.
Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 33-35° bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18-23° bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter