Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Toshkentda 110 mingta uy buzilishi boshlandi» degan xabarlar asossiz — Qurilish vazirligi

«Toshkentda 110 mingta uy buzilishi boshlandi» degan xabarlar asossiz — Qurilish vazirligi

Illyustrativ foto

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi «Toshkentda 110 mingta uy buzilishi boshlandi» degan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar asossiz ekanini ma’lum qildi.

«Bu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Ayni kunlarda mamlakatimizda ko‘p qavatli uy-joy fondining seysmik holatini o‘rganish va baholash ishlari olib borilmoqda. Bu tadbirlar aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida profilaktik tarzda amalga oshirilmoqda.

Hozirda hech qanday rasmiy hujjatlarga ega bo‘lmagan bitta obyektda seysmik talablarga mos kelmaslik holati aniqlangan. Fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida ushbu obyekt bo‘yicha belgilangan tartibda tegishli chora-tadbirlar ko‘rilgan.

Ayni vaqtda ommaviy ravishda uy-joylarni buzishga oid hech qanday qaror yoki reja mavjud emas», — deyiladi vazirlik munosabatida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring