Toshkentdan Angrenga qatnovchi yo‘lovchi poyezdi uch kun harakatlanmaydi.
Toshkent – Angren yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi uch kun harakatlanmaydi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, harakat tarkibini modernizatsiya qilish maqsadida 6408/6409-sonli Toshkent Angren – Toshkent yo‘nalishidagi shaharlararo yo‘lovchi poyezd 11 noyabrdan 14 noyabrgacha qatnamaydi. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘ralgan.
Avvalroq Toshkent va Hojikent o‘rtasidagi elektropoyezdlar harakati 8 noyabrdan boshlab vaqtincha to‘xtatilgani haqida xabar berilgandi. Elektropoyezdlar harakati 10 noyabrdan qayta tiklandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter