Toshkentdagi Rakat masjidi imom-xatibi Rabbimqul Muhammadiyev Madinada vafot etdi

Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi Rakat masjidi imom-xatibi Rabbimqul Muhammadiyev Madina shahrida vafot etdi.
Masjid Telegram-kanali xabar berishicha, Rabbimqul Muhammadiyev Madinada betob bo‘lib, komaga tushib qolgan va 26-may kuni tongda vafot etgan.
U 2025-yil haj mavsumida o‘zbekistonlik ziyoratchilarga ellikboshi sifatida yuborilgandi.
Rabbimqul Muhammadiyev 2019-yil iyulidan buyon Rakat masjidi imom-xatibi edi. Bunga qadar Olmazordagi Imom Termiziy masjidida imom-xatib bo‘lgan.
Xabar.uz jamoasi imom domlaning yaqinlari va oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter