Chexiyada poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
Chexiya Respublikasining Teplitsa shahri yaqinida ikkita yuk poyezdi to‘qnashib, bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda 4-aprel kuni TN.nova telekanali xabar berdi.
To‘qnashuvdan so‘ng lokomotivlardan biri yonib ketgan. Yong‘inni o‘chirishga to‘qqizta yong‘in brigadasi jalb qilingan.
Shuningdek, bir kishi jabrlangani ma’lum, u vertolyotda shifoxonaga yetkazilgan.
Voqea joyida huquq-tartibot idoralari xodimlari shug‘ullanmoqda. Hodisa temir yo‘l inspeksiyasi tomonidan tekshirilmoqda.
Temir yo‘llarning bosh inspektori Yan Kucheraning so‘zlariga ko‘ra, poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida temir yo‘lga zarar yetgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter