Yaponiyada shirinlik qutisi poyezdlar harakatini to‘xtatib qo‘ydi

Yaponiyaning Kioto shahridagi temir yo‘l stansiyasi platformasida unutib qoldirilgan quti tufayli poyezdlar qatnovi to‘xtab, tartibsizlik kelib chiqdi. Bu haqda NHK xabar berdi.
Stansiya xodimi politsiyaga shubhali narsa haqida xabar bergan. Bu kengligi 50 sm, balandligi 40 sm atrofidagi, sariq skotch bilan o‘ralgan quti edi.
Voqea joyiga portlovchi moddalarni zararsizlantiruvchi guruh yetib kelgan. Amaliyot uzoq davom etmadi, chunki quti ochilganidan so‘ng ichidan shirinliklar chiqqan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter