Kuniga olti soat eskalatorda «sayr qilganlar»ga pul berilyapti — Yaponiya

Yaponiyada eskalatorda turib, yonidan boshqa yo‘lovchilarni o‘tkazmagan odamlarga pul to‘lash boshlandi, deb xabar berdi Sora News.
Yo‘lovchilarni eskalatorlarda yurmaslikka va uning har ikki tomonini band qilishga chorlayotgan ilk shaharlardan biri Nagoya bo‘ldi. Maqsad — jarohatlanishlar sonini kamaytirish, ayniqsa, keksalar va bolalarni avaylashdir, deyiladi xabarda.
Yangi qoidani amalga kiritish uchun odamlardan guruhlar tuzilmoqda: ular eskalatorning bir tomonini egallab, harakatlanish paytida tinch turishga chaqirilgan yozuvlarni ko‘tarib olishadi. Bitta guruh bir smenada 19 ta temiryo‘l stansiyasida olti soat ishlaydi. Guruh rahbariga kuniga taxminan 110 dollar, qolgan a’zolarga 45 dollardan to‘lanadi. Tashkilotchilarning aytishicha, bu ayniqsa, talabalar va pensionerlar uchun pul topishning yaxshi yo‘li.
Hokimiyat vakillari eskalatorning ikki tomonini band qilish xavfsizlikni ta’minlab, yo‘lovchilar oqimini tartibga solishini ta’kidlashmoqda. Ammo tanqidchilar ham yetarli, cheklov eskalatorlarda shoshib yuruvchilarning kutish va harakatlanish vaqtini yanada uzaytiradi, deyishmoqda ular.
Bundan tashqari, tadqiqotlar ko‘rsatishicha, yo‘lovchilar oqimini samarali boshqarish ko‘proq stansiyaning yuklamasiga bog‘liq: tig‘iz pallalarda eskalatorlarning ikki tomonini band qilishdan yutish yutish mumkin, ammo yo‘lovchilar kam paytda deyarli farq yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter