Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertadan Toshkent – Andijon – Toshkent poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Ertadan Toshkent – Andijon – Toshkent poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Foto:«Xabar.uz»

Ertaga, 16-fevral kunidan boshlab 64/63-sonli Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdi Namangan vokzali orqali qatnovini amalga oshiradi.

Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati xabar berdi. 

Mazkur poyezdlar haftada ikki marotaba, ya’ni 64-sonli yo‘lovchi poyezdi haftaning seshanba va juma kunlari Toshkent – Namangan – Andijon yo‘nalishida, 63-sonli yo‘lovchi poyezdi esa haftaning chorshanba va shanba kunlari Andijon – Namangan – Toshkent yo‘nalishida harakatlanadi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring