Angrenda 20 ta vagon ag‘darilib ketdi, mashinist va yordamchisi jabrlangan
Bugun Angren shahridan 19 km sharqiy yo‘nalishda joylashgan «O‘zbekko‘mir» AJga qarashli «Angren ko‘mir koni»ning (razrez) hududidagi temir yo‘lda lokomotiv sostav elektrovozi siqilgan havosiz qolishi oqibatida boshqaruvsiz harakatlangan va boshqa lokomotiv sostaviga urilgan.
Natijada 20 ta vagon temiryo‘l izidan chiqib, ag‘darilgan.
Hodisa oqibatida bir mashinist va uning yordamchisi yengil tan jarohati olgan. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan va Angren shahar shifoxonasiga yuborilgan.
Sodir bo‘lgan xolat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter