Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektrovoz va yuk mashinasi to‘qnashdi

Elektrovoz va yuk mashinasi to‘qnashdi

Foto: viloyat YHXB

Toshkent viloyati Zangiota tumanida elektrovoz va yuk avtomobili ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, holat 27 iyul kuni soat taxminan 14:00 larda Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidan o‘tgan mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan 4K 713 avtomobil yo‘lining 3-kilometridan kesib o‘tgan temiryo‘l kesishmasida sodir bo‘lgan.

1987 yilda tug‘ilgan A.A boshqaruvidagi Howo yuk avtomobilida temiryo‘l kesishmasidan o‘tayotgan vaqtida harakatlanib kelayotgan O‘zbekiston Lokomativ deposiga qarashli bo‘lgan VL60k rusumli elektrovoz (vagonlar ulanmagan) bilan to‘qnashib, YTH sodir etgan.

Ushbu to‘qnashuv natijasida transport vositalari texnik shikastlangan. Fuqarolar sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Holat yuzasidan Zangiota tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring