Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida quloqchinli piyodani poyezd bosib ketdi

Toshkent viloyatida quloqchinli piyodani poyezd bosib ketdi

Joriy yilning 3 yanvar kuni Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani «Boyovul» mahallasida yashagan N.A temir yo‘l izi atrofida qulog‘ida quloqchin taqib chorva mollarini boqib yurgan «To‘ytepa-Ozodlik» yo‘nalishidan kelayotgan yuk poyezdi urib yuborishi natijasida vafot etdi.

Mazkur holat yuzasidan shu yilning 6 yanvar kuni ushbu mahallada baxtsiz xodisa muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda fuqarolarga temir yo‘l atroflarida quloqchinlardan foydalanmaslik, yo‘lovchi va yuk poyezdlarining xavfsiz harakatlanishini taminlash maqsadida temir yo‘l izining belgilanmagan joylaridan kesib o‘tmaslik, yo‘lovchi poyezd oynalariga tosh va boshqa begona jismlarni otmaslik, temir yo‘l atrofida mol boqmaslik, temir yo‘l izlariga begona jismlarni qo‘ymaslik, shuningdek bunday qoidabuzarliklar uchun amaldagi qonunchiligimizga asosan O‘zbekiston Respublikasi Mamuriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksida jarimalar belgilanganligi haqida tushuntirilib, temir yo‘l hududi o‘ta xavfli hudud ekanligi to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring