Toshkent viloyatida yirik golf majmuasi quriladi

Ayni kunlarda Malayziya davlatida bo‘lib turgan viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya bir qator yirik ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashmoqda.
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, «The Mines Resort and Golf Club» kompaniyasi bilan o‘tgan muzokaralarda Toshkent viloyatida zamonaviy golf klubi va mehmonxona majmuasini qurish loyihasi borasida kelishuvlarga erishilgan.
Ushbu yirik loyiha uchun 100 gektar atrofida maqbul yer maydoni ajratilishi, uni zamonaviy talablar asosida serhasham kurort zonaga aylantirishi borasidagi takliflar ko‘rib chiqildi. Loyiha uchun taklif etilgan hududlar Bo‘stonliq, Parkent va Ohangaron tumanlaridir.
Shuningdek, delegatsiya bugun tabiiy shakarni qayta ishlab undan kaloriyasiz granulalar olish loyihasi bo‘yicha «The Foodbase», vegeterian proteindan go‘sht va fast fud mahsulotlarni ishlab chiqaradigan «Righ food company» kompaniya vakillari bilan ham muloqotlar o‘tkazadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter