Qibrayda poyezd ustiga chiqqan talaba kuchli tok urishi sabab halok bo‘ldi
Qibrayda 2-akademik litsey talabasi temir yo‘l bekatidagi vagon ustiga chiqishi oqibatida tok urib, halok bo‘ldi.
Bu haqda Transport va turizm ob’yektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, fuqaro Z.J. Qibray tumanida joylashgan «Oq-qovoq» temir yo‘l bekati 21-kilometrda vagon ustiga chiqqani oqibatida yuqori kuchlanishdagi tok urgan va voqea joyida vafot etgan.
Shu munosabat bilan 20 dekabr kuni Ichki ishlar vazirligi 2-son Toshkent akademik litseyida muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ushbu baxtsiz hodisa va xavfsizlik qoidalari muhokama etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter