Poyezd va yengil mashina to‘qnashuvida yetti kishi halok bo‘ldi — Vengriya
Vengriya janubida yengil mashina va poyezd to‘qnashuvi yetti kishining umriga zomin bo‘ldi, deb xabar berdi Blikk.hu.
Baxtsiz hodisa bugun, 5-sentyabr tongida poyezd yo‘lining shlagbaum o‘rnatilmagan kesishmasida yuz bergan. Uzumzorga yo‘l olgan avtomobilda yetti nafar ishchi bo‘lgan, ularning ikki nafari mashina yukxonasida ketayotgani keyinroq aniqlandi...
Poyezd bilan to‘qnashuv juda kuchliligidan mashina batamom majaqlanib ketgan. Qutqaruvchilar avvaliga besh kishining jasadini, bir soatdan keyin esa yana ikki jasadni topishdi.
Poyezd mashinisti yengil jarohat olgan, poyezd yo‘lovchilariga shikast yetmagan. Ushbu temir yo‘lda qatnov oradan ikki soat o‘tib tiklangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter