Uch mingdan ziyod avtomobil ortilgan kema hamon yonmoqda

Tinch okeanining Alyaska sohillariga yaqin qismida bir haftadan buyon Morning Midas kemasi yonishda davom etmoqda, deb xabar berdi Carscoops.
AQSh qirg‘oq qo‘riqlash qizmati qutqaruv amaliyoti qatnashchilarining xavfsizligini ta’minlash va zararni kamaytirish uchun kema egasi mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlanayotganini ma’lum qildi. Ayni paytda yong‘in o‘chog‘iga butunlay barham berish va kemani xavfsiz akvatoriyaga keltirish choralari ko‘rilmoqda.
Kemaga 3 mingdan ziyod avtomobil ortilgan, shulardan 681 tasi — gibrid, 70 tasi — elektromobil.
Eslatib o‘tamiz, avtomobillar ortilgan kemada yong‘in chiqqani haqida 5-iyunda xabar berilgan edi. Morning Midas 26-may kuni Xitoy portidan chiqib, Meksikaga yo‘l olgandi.
Kemaning 22 nafar ekipaj a’zosi yong‘inni mustaqil o‘chirishga urinishi samara bermagan. Keyinroq AQSh qirg‘oq qo‘riqlash xizmati ularni boshqa kemaga evakuatsiya qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter