Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samara va Orenburgdan fuqarolar poyezdlar orqali qaytarilmoqda

Samara va Orenburgdan fuqarolar poyezdlar orqali qaytarilmoqda

Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya — Qozog‘iston davlat chegarasidan o‘tkazish masalasi bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi hamda Rossiya va Qozog‘iston tomoni bilan kelishuvga binoan, O‘zbekiston fuqarolarini yo‘lovchi poyezdlari orqali olib kelish jarayoni boshlandi.

Toshkent — Buzuluk — Toshkent yo‘nalishidagi poyezd 918 nafar yo‘lovchi bilan bugun tunda O‘zbekiston tomon yo‘lga chiqadi. Toshkent — Kinel — Toshkent yo‘nalishidagi poyezd esa 7-avgust kuni 918 nafar yo‘lovchilar bilan tushdan so‘ng Vatanimiz tomon harakatlanishni boshlaydi.

Poyezd chiptalari faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun Buzuluk va Kinel vokzallarida sotildi. Buzuluk — Toshkent yo‘nalishidagi chiptalar narxi 1 mln 287 ming so‘m (9259 rubl), Kinel — Toshkent — 1 mln 357 ming so‘m (9761 rubl). Yo‘l davomida yo‘lovchi poyezdlar faqat texnik ko‘rik uchun to‘xtatiladi, ya’ni stansiya-vokzallarda yo‘lovchilarning platformaga tushishiga ruxsat etilmaydi.

Poyezdlar O‘zbekiston Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari kuzatuvi ostida olib kelinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring