Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tayvandagi poyezd halokatida 40 kishi qurbon bo‘lgani aytilmoqda

Tayvandagi poyezd halokatida 40 kishi qurbon bo‘lgani aytilmoqda

Tayvanda yo‘lovchi poyezd halokati oqibatida halok bo‘lganlar soni 40 nafarga yetdi va yana 61 kishi jarohat oldi, deya xabar bermoqda mamlakat Markaziy yangiliklar agentligiga asoslanib RIA Novosti.

Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 9.00 da «Datsin» tunnelidagi Xuayalyan okrugida sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, poyezd tunneldagi yo‘llarni toshlardan tozalayotgan uskunalar bilan to‘qnashgan. Voqea natijasida ikkinchi va uchinchi vagonlar relsdan chiqib ketgan.

«To‘rt kishining vafoti aniq, yana 36 kishi hayot belgilarisiz topilgan, 61 kishi shifoxonaga yotqizilgan», — deyiladi ma’lumotlarda. 

Hammasi bo‘lib 60 kishi allaqachon dastlabki uchta vagondan ozod qilingan, to‘rtinchi va beshinchi vagonlar jiddiy shikastlangan, qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Agentlik favqulodda xizmatlarga asoslanib xabar berishicha, «dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan joyda qurbon bo‘lgan odamlar soni juda ko‘p».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring