Yerdan tashqarida hayot alomatlari topildi

«Jeyms Uebb» teleskopi K2-18b ekzosayyorasi atmosferasida dimetilsulfid va dimetildisulfid mavjudligini qayd etdi. Yerda bu moddalar faqat tirik organizmlar tomonidan ishlab chiqariladi.
Ekzosayyorada bu moddalar shunchalik ko‘pki, olimlar u yerda hayot «qaynayotgani»nini aytishmoqda.
K2-18bni «SuperEr» ham deyishadi — sayyoramizdan 2,6 baravar katta, 8,6 karra og‘ir. Ammo juda olis — u yerga yetish uchun 124 yorug‘lik yili kerak.
Olimlar ma’lumotlarni takror tekshirishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter