Parallel olam mavjudligini isbotlovchi dalil topildi

AQSh va Shveysariya fiziklari parallel olam mavjudligini isbotlovchi ilk ehtimoliy dalillarni olishdi. Bu haqda News Frol portali yozmoqda.
Nashrga ko‘ra, olimlar zarralar tezlatgichida anomal kvant og‘ishlarni topishgan. Bunday o‘zgarishlarni an’anaviy fan nuqtai nazaridan tushuntirish ilojsiz. Yetakchi ekspertning fikricha, olingan ma’lumot subatomik darajada bizning voqeligimiz bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lgan qandaydir ko‘rinmas «soya» koinot mavjudligiga ishora bo‘lishi mumkin.
Agar ilmiy faraz to‘g‘ri bo‘lsa, u turli o‘lchamlar o‘rtasida harakatlanish imkonini beruvchi texnologiyalarni ishlab chiqish uchun yo‘l ochadi, deyishdi tadqiqot mualliflari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter