Asteroid 2032-yilda Yer bilan to‘qnashishi mumkin. Qayerga tushadi?

Astronomlar tomonidan o‘tgan yil dekabrida kashf qilingan 2024 YR4 asteroidi 2032-yilda Yer bilan to‘qnashishi mumkin.
2024 YR4 asteroidi 27-dekabrda Chilidagi ATLAS observatoriyasida aniqlangan. Osmon jismining diametri 70 metr atrofida ekani taxmin qilinyapti, ya’ni Chelyabinsk meteoritidan uch-to‘rt baravar katta.
Asteriod 33 kundan buyon doimiy kuzatuv ostida, 2032-yilning 22-dekabrida uning Yerga kelib urilishi ehtimoli bor.
«Yer bilan to‘qnashish ehtimoli turli tuzilmalar tomonidan 0,5 dan 6 foizgacha deya baholanyapti. 6 foiz — ana shu 16 xil taxmindan biri», dedi astronom, Ka-Dar observatoriyasi va «Astrovertlar» astrofermasi ilmiy rahbari Stanislav Korotkiy.
Olim nega taxminlar (ehtimoliy foizlar) har xilligini asteroidni kuzatish yaqinda boshlangani va prognoz uzoq davrni qamrab olgani bilan izohladi.
Asteroid qayerga qulashi mumkin?
Korotkiyning aytishicha, samoviy jism Markaziy Afrika yoki Atlantika okeaniga qulashi mumkin. Asteroid quruqlikka urilgan taqdirda 30 kilometr radiusdagi uylar vayron bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter