Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentning Qurbon hayiti bo‘yicha farmoni e’lon qilindi

Prezidentning Qurbon hayiti bo‘yicha farmoni e’lon qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident farmoni bilan 2025 yilda muborak Qurbon hayitining birinchi kuni 6 iyun – juma kuniga to‘g‘ri kelishi to‘g‘risida O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinib, mamlakatda 6 iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.

Aholining Qurbon hayiti bayramini munosib o‘tkazishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 2025-yil 7-iyun (shanba) kuni olti kunlik ish haftasi tartibi bo‘yicha ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hududlarda Qurbon hayitini xalqimizning milliy an’ana va urf-odatlariga uyg‘un holda o‘tkazish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga  oshiradi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring