Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Superkompyuter Yerda hayot tugaydigan yilni aniqladi

Superkompyuter Yerda hayot tugaydigan yilni aniqladi

Foto: Getty Images/iStockphoto

NASA hamda Yaponiyaning Toxo universiteti olimlari Yerda nechanchi yilda hayot tugashini superkompyuter yordamida hisoblashdi, deb xabar berdi Daily Star.

Superkompyuterga ko‘ra, Yerda hayot taxminan 1000002021-yilda tugaydi.

Bunga sabab — Quyosh faolligi oqibatida haroratning tinmay oshib borishi va atmosferada kislorodning kamayib ketishidir.

Kazumi Odzaki va Kristofer T. Reynhard o‘tkazgan tadqiqotlarga ko‘ra, Yer atmosferasida kislorodning ko‘pligi — geologik nuqta nazardan vaqtincha holat. Vaqt o‘tgani sayin kislorod kamayib boradi va sayyoramiz hozirgi mavjud hayot formalari uchun yaroqsiz holatga keladi.

Yuqoridagi tadqiqot nafaqat sayyoramizning kelajagini tushunishda, shuningdek, Yerdan tashqaridagi hayotni qidirishda ham muhim ahamiyatga ega, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring