Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poyezdlar harakatiga xavf tug‘dirgan shaxslarga hukm o‘qildi

Poyezdlar harakatiga xavf tug‘dirgan shaxslarga hukm o‘qildi

Foto: «Xabar.uz»

Xuquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Angren temir yo‘l yo‘nalishida poyezdlar harakati xavfsizligiga salbiy ta’sir qiluvchi o‘g‘irlik jinoyati bilan bog‘liq holatga chek qo‘yildi.

Xususan, Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida yashovchi, 1995 y.t., muqaddam o‘g‘irlik jinoyati sodir etganligi uchun sudlangan K.J., Xorazm viloyatining Urganch shahrida yashovchi, 1999 y.t. S.S. va Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1996 y.t. M.F.lar joriy yilning may oyida Toshkent viloyatidagi «Aqcha-Obliq» temir yo‘l bekatlari oralig‘idan o‘tuvchi beton ustunlardagi yuk va yo‘lovchi poyezdlar elektrovozlarini yuqori kuchlanishli elektr energiyasi bilan ta’minlovchi simlarning jami 140 metrini kesib olib, «Damas» rusumli avtomashinaga yuklab, olib ketayotgan vaqtlarida qo‘lga olingan.

Ta’kidlash lozimki, mazkur shaxslar bunga qadar «Kuchlik-To‘ytepa» temir yo‘l bekatlari oralig‘idagi 87,5 metr elektr simlarini hamda «Ohangaron-Aqcha» temir yo‘l bekatlari oralig‘idagi 100 metr elektr simlarini kesib olib, sotib yuborishgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi tomonidan K.J., S.S. va M.F.lar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan aybli deb topilib, ularning har biriga 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring