Buxoroda 38 yoshli ayol o‘zini poyezd tagiga tashladi
Bugun tongda sodir bo‘lgan xodisa sabab ayol voqea joyida vafot etgan.
Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, 2022 yil 26 sentyabr kuni soat 06:00 da «Xo‘jadavlat-Buxoro-1» yo‘nalishidagi poyezd 43-RZD va Murgak temir yo‘l bekatlari oralig‘ida harakatlanib kelayotgan vaqtda Kogon shahrida yashagan 38 yoshli ayol o‘z joniga qasd qilish maqsadida poyezd tagiga o‘zini tashlagan va olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Hozirgi vaqtda yuqorida qayd qilingan holat yuzasidan Buxoro transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter