Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

8–9 dekabr kunlari «Afrosiyob» tezyurar poyezdi qatnovi ko‘paytiriladi

8–9 dekabr kunlari «Afrosiyob» tezyurar poyezdi qatnovi ko‘paytiriladi

Foto: «Xabar.uz»

Samarqand—Toshkent—Samarqand yo‘nalishida harakatlanuvchi «Afrosiyob» tezyurar poyezdining qo‘shimcha qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

8-dekabr juma kuniga to‘g‘ri kelayotgani uchun o‘zbekistonliklar ketma-ket uch kun dam olishadi. Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 8–9 dekabr kunlari «Afrosiyob» tezyurar poyezdi quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

767-sonli Samarqand—Toshkent yo‘nalishi

Samarqand 11:13 — Toshkent 13:23

768-sonli Toshkent—Samarqand yo‘nalishi

Toshkent 13:39—Samarqand 15:49

775-sonli Samarqand—Toshkent yo‘nalishi

Samarqand 11:05 — Toshkent 13:20

776-sonli Toshkent—Samarqand yo‘nalishi

Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05

Chiptalarni temiryo‘l chiptaxonlaridan yoki eticket.railway.uz sayti orqali elektron tarzda sotib olish mumkin.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring