Maxsus poyezd reysi orqali mingga yaqin yurtdoshimiz olib kelindi
![Maxsus poyezd reysi orqali mingga yaqin yurtdoshimiz olib kelindi](https://static.xabaruz.com/crop/1/8/720_460_95_1824491409.jpg)
Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasining Samara viloyatidan olib kelish uchun «Toshkent – Kinel –Toshkent» temir yo‘l reysini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, Rossiya va Qozog‘iston tomoni bilan kelishuvga binoan, joriy yilning 31-avgust kuni «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ poyezdi 922 nafar yurtdoshlarimiz bilan «Kinel» stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nagan edi.
Mazkur poyezd 2-sentyabr kuni Samarqand shahriga yetib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda viloyatdagi karantin zonalariga yetkazildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter