Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda poyezd chiptalari narxi yana oshirilmoqda

O‘zbekistonda poyezd chiptalari narxi yana oshirilmoqda

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekistonda 20 yanvardan mahalliy poyezd chipta narxlari oshiriladi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdlari hamda «Sharq», «Nasaf» va «O‘zbekiston» tez yurar poyezdlarining chiptalar narxi 20 foizga oshmoqda.

Xususan, «Afrosiyob» elektropoyezdlari biletlari narxlari quyidagicha etib belgilanmoqda:

Toshkent — Buxoro — Toshkent

  • VIP 636 000 so‘m;
  • Biznes 462 000 so‘m;
  • Ekonom 336 000 so‘m.

Toshkent — Qarshi — Toshkent

  • VIP 534 000 so‘m;
  • Biznes 390 000 so‘m;
  • Ekonom 282 000 so‘m.

Toshkent — Samarqand — Toshkent

  • VIP 396 000 so‘m;
  • Biznes 276 000 so‘m;
  • Ekonom 204 000 so‘m.

Kompaniya xabariga ko‘ra, ushbu qaror Vazirlar Mahkamasi huzuridagi idoralararo tarif komissiyasi qaroriga muvofiq, temiryo‘l infratuzilmasini isloh qilish, elektr energiyasi — yoqilg‘i, logistika va transport xarajatlarini qoplash maqsadida qabul qilingan.

Shuningdek, yo‘lovchi vagonlari parkini yangilash, yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish, temir yo‘l vokzallarini davr talablariga muvofiq saqlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mahalliy poyezdlar chipta narxlari ko‘tarilganiga hali hech qancha vaqt bo‘lmagan edi. Ikki oycha avval yo‘lovchi poyezdlarida narxlarning tarif qismi 44 foizga, «Afrosiyob» elektropoyezdlariniki esa 60 foizga oshirilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring