Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boshsiz topilgan rossiyalik ishi bo‘yicha tafsilotlar ochiqlandi

Boshsiz topilgan rossiyalik ishi bo‘yicha tafsilotlar ochiqlandi

Foto: «Rambler.ru»

Boshsiz topilgan omsklik Dmitriy Fyodorov ishi bo‘yicha tafsilotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda 5-mart, payshanba kuni Transport tergov qo‘mitasi rasmiy ma’lumotiga tayanib «Rambler.ru» xabar berdi.

Mahkamaning ma’lum qilishicha, Fyodorov temir yo‘l yonida turgan. Ta’kidlanishicha, unga yaqinlashib kelayotgan mashinist ogohlantiruvchi signal bergan, biroq rossiyalik e’tibor bermagan. Elektrichka juda yaqin qolganda, Fyodorov poyezd ostiga qadam qo‘ygan va mashinistning shoshilinch to‘xtashi ham uni bosib ketishdan asrab qololmagan.

Biroq Fyodorovning o‘zini poyezd ostiga tashlagani suratga olingan video mavjud emas, chunki elektrichkada videoregistrator o‘rnatilmagan. Odamning temir yo‘lga yaqinlashayotgani tasvirga olingan video ham yo‘q.

Ustiga-ustak, Transport tergov qo‘mitasi xabariga ko‘ra, halok bo‘lgan odamning qonida alkogol va giyohvand moddalar aniqlanmagan.

Dekabrning oxirida xabar qilinishicha, Omskdagi temir yo‘lda 25 yoshli Fyodorovning boshsiz tanasi topilgan. O‘limidan bir necha kun oldin u politsiya xodimlari unga giyohvand modda «tashlab qo‘yganini» xabar bergandi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘z joniga qasd qilish taxminini ham ilgari surgandi. Keyinchalik tergovchilar Fyodorovning poyezd g‘ildiraklari ostida halok bo‘lganini ma’lum qilishdi.

2019-yil 18-dekabr kuni Fyodorov video murojaat orqali 15-dekabr kuni ko‘chada uning yoniga ikki nafar Rosgvardiya xodimi kelganini, uni giyohvand modda tarqatganlikda gumon qilganini ma’lum qiladi. Tekshiruv vaqtida ulardan biri Fyodorovning kurtkasi cho‘ntagiga qo‘lini soladi va u yerdan bitta, ikkinchi cho‘ntagidan yana to‘rtta o‘ralgan moddani chiqaradi, deb ta’kidlagan Fyodorov. U foydalanuvchilardan ushbu voqeani ommalashtirish uchun yordam so‘ragan va bunday holatga hamma tushib qolishi mumkinligin aytgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring