Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vodiy viloyatlariga qatnovchi poyezdlar chiptasi narxida o‘zgarish bo‘ldi

Vodiy viloyatlariga qatnovchi poyezdlar chiptasi narxida o‘zgarish bo‘ldi

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari bo‘ylab harakatlanuvchi shaharlararo yo‘lovchi poyezdlaridan foydalanuvchilarni chipta narxlari bilan bog‘liq yangilikdan oghlantirmoqda.

Qayd etilishicha, 2024-yilning 10-aprel sanasidan shaharlararo yo‘lovchi poyezdlar yo‘nalishlari yagona tarif (faqat bir zona)ga o‘tkaziladi. Bunda yo‘lovchilar avvalgidek har bir zona uchun alohida narxda emas, balki yo‘nalishga qarab, zonalarga bo‘linmagan holatda to‘lovni amalga oshiradilar.

Shuningdek, ushbu yo‘nalishlarida harakatlanuvchi barcha shaharlararo yo‘lovchi poyezdlari yo‘lovchilari elektron to‘lov tizimi (ATTO) orqali to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Masalan, «Qo‘qon — Namangan — Andijon» yo‘nalishi yagona tarif narxi 15 000 so‘m. Lekin (ATTO) elektron to‘lov tizimi orqali to‘lovni amalga oshirmoqchi bo‘lgan yo‘lovchilar naqd pulda amalga oshiriladigan to‘lovdan farqli ravishda 500 so‘m miqdorda kam pul to‘laydilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring