Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Toshkent-Buxoro-Toshkent» yo‘nalishida yangi poyezd qo‘yiladi

«Toshkent-Buxoro-Toshkent» yo‘nalishida yangi poyezd qo‘yiladi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan «Toshkent-Buxoro-Toshkent» yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, mazkur dizel poyezdi «Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi» AJ va «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ shartnomasi asosida qurilgan bo‘lib, tarkibi 12 ta vagondan iborat, bundan 2 ta VIP, 4 ta biznes (biznes-klass o‘rindiqlari yo‘nalish bo‘yicha o‘zgaradi), 4 ta ekonom, 1 ta restoran va 1 ta dizel vagonlari bor.

«Hozirda poyezd mazkur yo‘nalishda sinovdan o‘tkazish jarayonida.

Poyezd harakat vaqti 6 soatdan iborat bo‘lib, 592 km masofani bosib o‘tadi. Yangi dizel poyezdi sinovi yakunlangach, yaqin kunlarda yo‘lovchilarga foydalanish uchun topshiriladi», – deyiladi rasmiy xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, vagonlarga o‘rnatilgan sovutish tizimi boshqa vagonlardan farqli ravishda ular to‘xtab turganda ham ishlashda davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring