Poyezdlar harakati bo‘yicha muhim ma’lumot e’lon qilindi
O‘zbekistonda jazirama issiq sabab poyezdlar harakati tezligiga cheklovlar kiritiladi.
Bu haqda «O‘ztemiryo‘lovchi» kompaniyasi ma’lumot bermoqda.
Mamlakatimizda keskin issiq ob-havo sababli poyezdlar harakati tezligiga cheklovlar joriy etiladi.
Bu paytda poyezdlar sovitish tizimining ishlash quvvati ham pasayishi mumkin.
Xabarda qayd etilishicha, harorat ko‘tarilishi oqibatida yer usti temir yo‘llarining relslari hamda ularning po‘lat qismlarida harorat juda yuqori bo‘ladi. Shu bois, yo‘lovchilar va poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter