Toshkent viloyatida 83 yoshli shaxs poyezd tagidan o‘tayotib oyog‘idan ayrildi
Joriy yilning 11 fevral kuni Toshkent viloyati Toshkent tumanida 83 yoshli erkak fuqaro uyiga borish uchun to‘xtab turgan yuk poyezdining tagidan o‘tgan. O‘sha vaqtda poyezd harakatlanishi natijasida uning o‘ng oyog‘i g‘ildirak ostida qolib, uzilib tushgan. Bu haqda «Millar» dasturida xabar berildi.
Hozirda fuqaroning ahvoli qoniqarli, u sog‘ligini tiklamoqda.
Shuningdek, 16 fevral kuni Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi temiryo‘l hududini kesib o‘tayotgan 66 yoshli fuqaroni poyezd urib yuborgan. Oqibatda erkak bosh qismidan jiddiy tan jarohati olgan.
O‘rganishlar davomida har ikki fuqaro ham muntazam ravishda spirtli ichimliklar iste’mol qilishi aniqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter