Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda baxtsiz hodisa yuz berdi

AQShda baxtsiz hodisa yuz berdi

Foto: «Aif.ru»

AQShning Montana shtatida yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketishi oqibatida 50 dan ortiq odam jarohatlandi, deya xabar beradi New York Times gazetasi rasmiylarga tayanib.

Xill okrugining favqulodda xizmatlar koordinatori Amanda Frikelning aytishicha, 50 dan ortiq odam jarohatlangan. Uning so‘zlariga ko‘ra, kamida bitta yo‘lovchi halok bo‘lgan. Frikelning aytishicha, omon qolgan barcha fuqarolar halokat joyidan olib ketilgan.

Amtrak temir yo‘l yo‘lovchilar kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, poyezd Joplin qishlog‘i yaqinida relsdan chiqib ketgan. Halokat paytida unda 150 ga yaqin yo‘lovchi va 13 ekipaj a’zosi bo‘lgan. Hodisa oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi CBS telekanali huquq-tartibot idoralariga tayanib.

Hodisa joyiga oltita tumandan qutqaruvchilar yetib borishgan. Voqea sodir bo‘lgan hududda tibbiy vertolyotlar ishlamoqda, beshta shifoxona jarohatlangan yo‘lovchilarni qabul qilishga tayyor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring