Dushanba kungi yo‘lovchi poyezdlarining ayrim yo‘nalishlari bekor qilindi
«O‘ztemiryo‘lovchi» jamiyatidan ma’lum qilishlaricha, joriy yilning 14-iyun kuni Toshkent-Xojikent-Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan shaharlararo yo‘lovchi poyezdlarining 2 ta reysi bekor qilinadi!
«Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli» UKga qarashli QODIRYa-OQQOVOQ bekatlari oralig‘ining 19-kilometridan 20-kilometrigacha bo‘lgan temir yo‘lda kapital ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.
Shu sababli, 14-iyun kuni soat 07:10 da – «Toshkent – Xojikent», 10:10 da – «Xojikent – Toshkent» yo‘nalishida harakatlanadigan shaharlararo yo‘lovchi poyezdlar qatnovi to‘xtatilmoqda.
Shu kuni soat 14:06, 16:42, 17:31 hamda 19:13 da harakatlanadigan – «Toshkent-Xojikent-Toshkent» yo‘nalishidagi shaharlararo yo‘lovchi poyezdlari harakati esa o‘zgarishsiz qoladi va jadval asosida qatnov amalga oshiriladi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ rahbariyati bunday noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter