Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda quloqchindagi yigitni poyezd urib ketdi

Namanganda quloqchindagi yigitni poyezd urib ketdi

Namangan viloyati Davlatobod tumanida 21-mart, yakshanba kuni quloqchin taqib yurgan yigitni poyezd urib ketgan. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lumot berilishicha, voqea soat 11:40 atrofida Namangan shahar Elobod mahallasi orqali o‘tgan Rovuston–Namangan temir yo‘l oralig‘ining 88-kilometri 6-piketida sodir bo‘lgan. Rovuston bekatidan Namangan bekatiga harakatlanib ketayotgan Qo‘qon lokomativ deposi mashinisti bo‘lib ishlovchi Farg‘ona viloyatida yashovchi, 49 yoshli fuqaro teplovozni oltita vagon bilan boshqarib ketayotgan vaqtida quloqchin taqib, temir yo‘l izi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan Davlatobod tumanida yashovchi 19 yoshli yigitni urib yuborgan.

Oqibatda fuqaro bosh miya lat yeyishi, jag‘ suyagining sinishi, o‘ng qo‘li lat yeyishi tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialiga yotqizilgan.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring