Xitoyda to‘qqiz kishi poyezd tagida qoldi
Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyati ma’muriy markazi – Urumchi shahridan Xanchjou shahriga (Chjeszyan viloyati) ketayotgan yo‘lovchi poyezdi temir yo‘ldagi ishchilarni urib yuborgan, to‘qqiz kishi halok bo‘lgan, deya xabar bermoqda Xitoy Markaziy televideniyesi.
Hodisa Gansu provinsiyasining Szinchan okrugidagi 401 kilometrlik yo‘lda sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qqiz ishchi halok bo‘lgan. Hodisa tafsilotlari hali taqdim etilmadi.
Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda, favqulodda vaziyat sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter