Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Donald Tramp Xitoyga bir kun muhlat berdi

Donald Tramp Xitoyga bir kun muhlat berdi

Donald Tramp 9-aprel kunidan boshlab Xitoy tovarlariga qo‘shimcha bojlar joriy etish bilan tahdid qildi Uning aytishicha, bu Vashingtonning Xitoy importiga bojlarni oshirishi sabab Pekin tomonidan joriy qilingan AQSh importiga qo‘shimcha 34 foizlik bojlarga javob bo‘ladi.

«Agar Xitoy ertaga, 2025-yilning 8-apreliga qadar uzoq vaqtdan beri davom etayotgan savdo qonunbuzarliklari tufayli joriy etilgan 34 foizlik o‘sishni bekor qilmasa, AQSh 9 apreldan boshlab Xitoyga qo‘shimcha 50 foizlik bojlar joriy qiladi», deb yozdi u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida.

Amerika rahbari, shuningdek, Xitoyni tariflar bo‘yicha rejalashtirilgan barcha muzokaralarni bekor qilish bilan tahdid qildi.

Oq uy yangi tariflar Vashington tomonidan e’lon qilinganidan tashqari ham joriy etilishini tasdiqladi, deb xabar beradi AFP. Bu AQShning Xitoyga qo‘yadigan umumiy tariflarini 104 foizga yetkazadi.

Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt OAVda Tramp import bojlarini 90 kunga kechiktirishi mumkinligi haqidagi xabarlarni soxta deb atadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring