Andijondan Xivaga poyezdlar qatnovi har kuni amalga oshiriladi
«Andijon-Xiva» yo‘nalishida 12-dekabrdan boshlab har kuni poyezdlar harakati amalga oshiriladi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.
Mazkur tartib mamlakatda ichki va tashqi turizmni rivojlantirish, ularning temir yo‘l tashuvlariga bo‘lgan talablarini qondirish maqsadida yo‘lga qo‘yilmoqda.
Poyezdlar harakati quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
- 126-sonli «Andijon - Xiva» yo‘nalishi 2022-yilning 12-dekabr sanasidan boshlab har kuni quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
- Andijon 08:28 — Xiva 06:58
- 125-sonli «Xiva - Andijon» yo‘nalishi 2022-yilning 13-dekabr sanasidan boshlab har kuni quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
- Xiva 08:28 — Andijon 06:56
Shuningdek, «Andijon - Termiz - Andijon» hamda «Qo‘ng‘irot - Andijon - Qo‘ng‘irot» yo‘nalishlariga ham qo‘shimcha qatnovlar qo‘yiladi.
Unga ko‘ra:
- 129-sonli «Termiz - Andijon» yo‘nalishi 2022-yilning 12-dekabr sanasidan boshlab, haftaning har dushanba, chorshanba, juma va shanba kunlari quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
- Termiz 15:25 — Andijon 12:56
- 130-sonli «Andijon -Termiz» yo‘nalishi 2022-yilning 13-dekabr sanasidan boshlab, haftaning har seshanba, payshanba, juma va yakshanba kunlari quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
- Andijon 14:28 — Termiz 11:27
- 128-sonli «Andijon - Qo‘ng‘irot» yo‘nalishi 2022-yilning 11-dekabr kunidan boshlab haftaning har yakshanba va chorshanba kunlari quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
- Andijon 15:52 — Namangan 17:57 — Qo‘ng‘irot 18:22
- 127-sonli «Qo‘ng‘irot - Andijon» yo‘nalishi 2022-yilning 13-dekabr kunidan boshlab har seshanba va shanba kunlari quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
- Qo‘ng‘irot 09:33 — Namangan 10:18 — Andijon 12:27
Eslatib o‘tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo‘l kassalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter