Bugun Superkubok kimga nasib etadi?

Bugun, 27-may kuni «Bunyodkor» stadionida amaldagi mamlakat chempioni – «Nasaf» va kubok sohibi – «Andijon» jamoalari o‘rtasida Superkubok uchun bahs bo‘lib o‘tadi.
So‘ngi yillardagi mamlakatning eng sovrindor jamosiga aylangan «ajdarlar» bugun ketma-ket beshinchi yil Superkubok uchun maydonga tushadi. Ilk bor mamlakat chempioni sifatida ushbu bahsda qatnashayotgan Berdiyev boshchiligidagi «Nasaf» bugun qatorasiga uchinchi bor Superkubokni yutish uchun urinib ko‘radi. Shuningdek, Superkuboklarni yutish bo‘yicha qarshiliklar hozirda peshqadam, ayni dam amaldagi mamlakat chempionlarida 3 ta Superkubok mavjud.
O‘tgan mavsum O‘zbekiston kubogini yutib, o‘z tarixida ilk bor titul qo‘lga kiritgan andijonliklar bugun sovrinlari sonini ikkitaga yetkazib olishga harakat qiladi. Vodiy jamoasi uchun ushbu finalning yana bir muhim jihati shuki, bu yilgi kubok va chempionatdagi qoniqarsiz natijalar fonida Superkubok mavsumni sovrin bilan yakunlash uchun ajoyib imkoniyat. Qolaversa, «burgutlar»ning yangi bosh murabbiyi Maksim Shatskix uchun ham bugungi o‘yin alohida ahamiyatga ega. Chunki murabbiy so‘ngi ikkita Superkubok finallarida aynan «Nasaf»ga imkoniyatini boy berib qo‘ygan.
Muxlislar bilan to‘lishi kutilayotgan ushbu bahs bugun Toshkent vaqti bilan 19:30 da start oladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter